Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi

 Ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi Z.Ashurov tuman Kengashi
deputatlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda asosiy e’tibor deputatlarga professional
tarzda faoliyat yuritish, hududlarda aholi muammolarini muntazam ravishda o‘rganib
borish va muammolarni yechimini davlat organlari va tashkilotlarini jalb etgan holda
ijobiy hal etish masalalariga qaratildi. 

Yig‘ilish davomida Kengash raisi tomonidan deputatlarga mamlakatimizda
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim
normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025 yil 26 dekabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-258-son Farmoni hamda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-267-son
Qarori mazmun-mohiyati batafsil yetkazildi. 

Shuningdek, deputatlarga mazkur qaror va farmonlar ijrosini joylarda
samarali tashkil etish, aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish
hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada rivojlantirishda faol ishtirok etish vazifalari
yuklandi.  

Slide 1 of 3