Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Tuman Kengashi deputati tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Bugun tuman Kengashi deputati Q. O‘rolov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi. Qabul davomida aholi tomonidan bandlik, infratuzilma hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan qabul qilingan tuman Kengashi qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.

Mazkur qarorga muvofiq:

— mahalla aholisi uchun sabzavotchilik va polizchilik yo‘nalishlarida trening hamda master-klasslar tashkil etish;

— MFY va QFYlarda talabga mos urug‘lik, o‘g‘itlar, agrotexnika vositalari va sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash;

— chorva turlari, boqish maydonlari va mavjud infratuzilmani aniqlash, shuningdek, chorvachilik yo‘nalishida treninglar va malakali o‘quv kurslarini tashkil etish kabi vazifalar belgilangan.

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Jizzax viloyatini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan qaror asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” doirasida Zomin tumanida amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishtirildi.

Slide 1 of 2