Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Mahalladagi muammolar va ijtimoiy ishlar deputat tomonidan o‘rganildi

Mahalladagi muammolar va ijtimoiy ishlar deputat tomonidan o‘rganildi

 Haftalik grafik-rejaga asosan, Olmazor tumanidagi “Xastimom” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” ishtirokida hududdagi muammolar, erishilgan natijalar hamda amalga oshirilayotgan ijtimoiy ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi. Jarayonda xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 23-"Zarqaynar" okrugi deputati Ismoil Sagdullayev mahalla faollari bilan uchrashib, hududdagi mavjud holat bo‘yicha fikr almashdi.

 Uchrashuv davomida mahalla raisi Sanoat Yaxyayeva hamda jamoatchilik vakillari tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, profilaktika inspektori tomonidan jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida axborot taqdim etildi. Ta’kidlanishicha, muntazam profilaktik ishlar natijasida yoshlar o‘rtasida salbiy illatlar kamayib, ularni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy hayotga jalb etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

 Mahallada yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasida ham ijobiy natijalar qayd etildi. Xususan, xotin-qizlar uchun tashkil etilgan pazandachilik hamda boshqa kichik ishlab chiqarish faoliyatlari orqali bir qator fuqarolar ish bilan ta’minlangan. Bu esa yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash hamda ularni hunar o‘rganishga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, deputat I.Sagdullayev boshchiligida, mahalla raisi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, mahalla hududi ko'zdan kechirilib, aholi vakillari bilan suxbat o'tkazildi.

Slide 1 of 5