Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Mang‘itobod mahallasida muammolar o‘rganildi va amaliy choralar belgilandi

Mang‘itobod MFYda muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Dusmurotov tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda mahalla aholisi faol ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida, avvalo, mahallaning ichki ko‘chalari holati atroflicha tahlil qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaat asosida yo‘llar yaroqsiz holga kelgani, ayrim hududda asfalt qoplamasi butunlay eskirgani, yomg‘irli mavsumda esa harakatlanish qiyinlashayotgani alohida ta’kidlandi. Deputat va tashkilot vakillari ushbu muammolarni joyiga chiqib, bevosita ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchilikni bartaraf etish bo‘yicha taklif ishlab chiqildi. Xususan, ta’mirtalab ko‘chalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq joriy yilgi manzilli dasturga kiritish muhokama markazida bo‘ldi.

Slide 1 of 2