Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi

🏗 Komiljon Otaniyozov mahallasida obodonlashtirish va yo‘llar holati o‘rganildi

📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qaroriga muvofiq, tumanda kambag‘allik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan 15 ta og‘ir toifadagi mahallalardan biri sifatida e’tirof etilgan Komiljon Otaniyozov mahallasida tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

📅 Joriy yilning 17-mart kuni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimlari hamda 1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugidan saylangan deputat Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan mazkur mahallaning obodonlashtirish darajasi, ichki ko‘chalar yo‘llarining holati, shuningdek, ariq va zovurlarining sanitariya-texnik ahvoli atroflicha o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ayrim ichki ko‘chalarda yo‘l qoplamasi eskirgani, qator yo‘llar ta’mirtalab holga kelgani, ayrim hududlarda esa ariq va zovurlarni tozalash ishlarini yanada jadallashtirish zarurligi aniqlandi.

🛠 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mahalla faollari, fuqarolar yig‘ini vakillari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama tashkil etildi.

💬 Muhokamalar davomida mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ichki yo‘llarni joriy va kapital ta’mirlash, hududni obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

📌 Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📈 Mazkur o‘rganish ishlari hududlarda yashash sharoitlarini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2