Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Deputat tomonidan tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat D.Ochilova tomonidan Zarbdor tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida muassasada aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan konsert (faollar) zali faoliyati, unda o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda san’at yo‘nalishidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, muassasa huzurida faoliyat yuritayotgan kutubxona faoliyati ham o‘rganilib, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud kitob fondi hamda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan, muassasa kirish qismidagi yo‘lni ta’mirlash, tomosha zalini ta’mirlash hamda badiiy adabiyotlar fondini boyitish zarurligi qayd etildi.
Mazkur masalalarni tegishli tartibda hal etish maqsadida deputat so‘rovi chiqarish belgilandi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 6