Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Ijtimoiy himoya tizimini moliyalashtirishda yangi davr

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish" to‘g‘risidagi PF-17-sonli Farmoni, ijtimoiy himoya sohasida "Inson qadri uchun" tamoyilini amalda ta’minlashning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.

🔴Farmonning strategik maqsadi:

Mazkur hujjat ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash jarayonlaridagi ortiqcha qog‘ozbozlik va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. Asosiy maqsad — mablag‘larning har bir so‘mi manziliga aniq va kechikmasdan yetib borishini ta’minlaydigan shaffof tizim yaratishdir.

🔴Farmon bilan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining ijtimoiy masalalardagi roli tubdan oshirildi.

🔴Mahalliy Kengashlar endilikda:

“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalariga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Bu nima degani? Endi markazdan ko‘rsatma kutmasdan, aynan o‘sha hududning og‘riqli nuqtalari, ehtiyojmand oilalarning sharoiti va mahalla infratuzilmasidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun mablag‘lar bevosita mahalliy deputatlar roziligi bilan sarflanadi.

Nazorat va hisobdorlik: Jamg‘arma mablag‘larining har bir tiyini qaysi ijtimoiy loyihaga yoki qaysi oilaga yo‘naltirilishi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatiladi. Bu esa mablag‘larning "ko‘chaga chiqib ketmasligi" va adolatli taqsimlanishini kafolatlaydi.

🔴Tizimdagi muhim o‘zgarishlar:

Mahallabay ishlash: Ijtimoiy xizmatlar endi xonadonbay o‘rganishlar asosida, real ehtiyojga qarab shakllantiriladi.

Moliyaviy erkinlik: Tuman va shahar hokimliklari o‘z hududidagi ijtimoiy muammolarni hal etish uchun yetarli moliyaviy manbaga va uni ishlatish bo‘yicha mustaqil huquqqa ega bo‘ldi.

Shaffoflik: Jamg‘armalar hisobidan amalga oshiriladigan har qanday xarajat xalq vakillari — deputatlar tomonidan muhokama qilinib, tasdiqlanganidan so‘nggina amalga oshiriladi.

🔵 Ushbu yangi tizim davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlab, eng chekka mahalladagi muhtoj insonning ham dardi va muammosi e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlaydi.

Slide 1 of 1