Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Toyloqda arzon go‘sht ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan

“Yuksalish” umummilliy harakati Samarqand hududiy bo‘linmasi boshlig‘i, viloyat hokimi maslahatchisi , viloyat Kengashi deputati Elyor Hamroyev hamda tuman kotibiyati mutaxassisi Shahzod G‘afforov, tuman veterinariya bo‘limi rahbari Toyloq tumanida faoliyat yuritayotgan Akmal Toshpulotovich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi hamda fermerga qarashli arzonlashtirilgan go‘sht savdo do‘konlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

  

  ✅Uchrashuv davomida fermer xo‘jaligida chorvachilikni rivojlantirish, aholini sifatli va arzon go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fermer xo‘jaligida ayni paytda 1200 bosh qoramol parvarish qilinmoqda. Bu esa nafaqat Toyloq tumani, balki atrofdagi boshqa tumanlarda ham go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

  

  ✅Fermer tomonidan tashkil etilgan savdo do‘konlarida go‘sht mahsulotlari bozor narxlariga nisbatan arzon narxlarda taklif etilmoqda. Shu bilan birga, mahsulotlar aholiga yetkazib berilish jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilmoqda, sifat nazorati doimiy ravishda ta’minlangan. 

  

  ✅Mutaxassislar tomonidan bunday tashabbuslar aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, ichki bozorda barqaror narx-navo shakllanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

  

  ✅Bu kabi ilg‘or fermer xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning tajribasini keng ommalashtirish qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga zamin yaratadi

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 6