Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Galabotir mahallasida deputatning saylovchilar oldida bergan axboroti hamda "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda aniqlangan muammosi ijobiy hal etildi

✔️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berish hamda hududlarda mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

✔️Xususan, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati A. Nishonov tomonidan saylov okrugida joylashgan Galabotir mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida hududdagi elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash zarurati mavjudligi aniqlanib, eski simyog‘ochlarni yangilash masalasi ko‘tarildi.

✔️Mazkur muammo deputat tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritilib, tuman hokimi B. Raxmatullayev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Shundan so‘ng, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining tegishli qarori asosida zarur mablag‘lar ajratilib, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tomonidan Galabotir mahallasiga beton ustunlar (simyog‘ochlar) olib berilishi tashkillashtirildi.

✔️Amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida mahalladagi elektr tarmoqlari infratuzilmasini yaxshilashga, aholi uchun yanada qulay va barqaror sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

✔️Mazkur amaliy ishlar deputatlarning saylovchilar bilan olib borayotgan muntazam muloqotlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasidagi samarali faoliyatining yana bir amaliy natijasi bo‘ldi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2