Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Маҳаллада ўрганиш ишлари олиб борилди
Toyloq tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Har hafta payshanba kuni o‘tkaziladigan Yoshlar kuni munosabati bilan Toyloq tumanida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri Bobir Hamrayev ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.

✔️Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni turli salbiy illatlar va noqonuniy xatti-harakatlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashga rag‘batlantirish hamda bandligini ta’minlash borasida atroflicha fikr almashildi.

✔️Bobir Hamrayev o‘z so‘zida yoshlar jamiyat taraqqiyotining muhim harakatlantiruvchi kuchi ekanini ta’kidlab, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, bilim va kasb-hunar egallashga bo‘lgan intilishni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini qayd etdi.

✔️Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblar shaklida o‘tib, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2