🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Abdulla Avloniy mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan mahalla raisi hamda xotin-qizlar faolini faoliyatlari Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Oybek Qurolboyev tomonidan o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida:
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash, oilaviy muhitni mustahkamlash va ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar,
2026-yil uchun shakllantirilgan “Ombor kitobi” haqida suhbat o‘tkazildi.
🔹Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-sonli farmoni ijrosi yuzasidan aholini ro'yxatga olish ishlarini ikkinchi bosqichi yuzasidan qilingan ishlar tahlil qilindi.