Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#yarmarka #nazorat

✅Mazkur tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan so‘nggi videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirildi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad — muqaddas oy oldidan aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash, ayniqsa ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

🥩🥯Yarmarkada go‘sht, un, yog‘-moy, shakar, guruch, sabzavot va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlari bozor narxlaridan arzon taqdim etildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Abdujabbor Djurayev, Zuhra Pulatova hamda Faxriddin Matasimov bilan birgalikda "Oydin" dehqon bozorida bo‘lib, yarmarka faoliyati hamda mahsulotlar narx-navosini o‘rgandilar.

✅O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi barcha maxsulotlarning sifati, narx-navosi va savdo sharoitlari, sanitar holati o'rganildi.

Slide 1 of 3