Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA DEPUTAT O‘Z OKRUGIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24-fevral kuni yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha imkoniyatlar yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida tuman miqyosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Xususan Parkent tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-Tolbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna, "Fayzobod" MFY raisi O.O‘roqov, maktab direktori S.Niyozov, o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda davlat rahbarining yoshlarga bildirayotgan yuksak e’tibori haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi. 

Slide 1 of 4