Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Deputatlik soʻrovi yuborildi.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Shermanov Baxram Tolibayevich aholining o‘z tomorqasida ko‘proq mahsulot yetishtirishini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va oilaviy daromadni oshirish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovini yo‘lladi.

     📌Amudaryo tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori B.Davekovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:

     1️⃣Amudaryo tumani O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilari bilan deputatlik uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan bir qator muammolar aniqlanganligini;

     2️⃣Muloqot davomida O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 365 ta xonadon tomorqasiga oqar suv yaxshi yetib bormayotgani, natijada tomorqadan hosil olish va daromadini oshirish imkoni cheklangani yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirilganligini ma’lum qildi. 

     📌Ushbu murojaatlarni inobatga olib:

     1️⃣Aholi tomorqasiga oqar suv yaxshi yetib borishini ta`minlash orqali fuqarolarning muammosini ijobiy hal etishni;

     2️⃣Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq saylovchilarga axborot berish uchun, ushbu masala bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishni so‘radi.

     ♻️Deputat B. Shermanov mazkur so‘rovi orqali o‘z saylovchilari manfaatlarini himoya qiladi, aholining oziq-ovqat ta’minoti yaxshilanadi, aholining daromadi hamda tomorqalardan samarali foydalanish darajasi oshadi.