Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R. Sharipov tomonidan o‘zining saylangan 9-Bobohaji saylov okrugida tasdiqlangan reja-grafik asosida navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R. Sharipov tomonidan o‘zining saylangan 9-Bobohaji saylov okrugida tasdiqlangan reja-grafik asosida navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni o‘rganish, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflarni atroflicha muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yo‘l va infratuzilma holati, obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolar tomonidan yo‘l ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi uzilishlari, tibbiy xizmat sifati hamda yoshlar bandligiga doir murojaatlar bildirildi.

Deputat R. Sharipov tomonidan har bir masala atroflicha o‘rganilib, qonunchilik doirasida hal etish choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ko‘tarilgan masalalarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovi tartibida yuborilishi belgilandi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qarorlar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi va aholi o‘zaro hamkorlik hamda faollikka chaqirildi.

Uchrashuv ochiq, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Slide 1 of 5