Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
DEPUTAT XONADONLARDA: MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA.
янв.21
#Маҳалла_еттилиги_фаолияти
янв.21
KOTIBIYAT MUDIRI VA KOMISSIYA RAISI ISHTIROKIDA IXTISOSLASHTIRILGAN BOG‘CHA XODIMLARI ANONIM TESTDAN O‘TKAZILDI.
янв.21
“ОБОД”НИНГ ЯНГИ БИНОСИ
янв.21
#Депутат_назорати
янв.21
DEPUTAT E’TIBORIDA: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат сўрови ижобий хал бўлди.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputat tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan “Zarabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur nazorat tadbiri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasidagi ishlar yuzasidan tashkil etildi.

Nazorat jarayonida loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, mavjud infratuzilmani yangilash hamda aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va aniq topshiriqlar berildi.

Deputat tomonidan loyiha ijrosini doimiy nazoratga olish, aholining murojaat va takliflarini inobatga olgan holda ishlarni jadallashtirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4