Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Hunarmandchilik rivoji — deputat e’tiborida

Hunarmandchilik rivoji — deputat e’tiborida

Tumandagi “Hunarmandlar” uyushmasi faoliyati xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyati mudiri-8-Ko'hnashahar saylov okrugi deputati Qurbonov Anvar Jumaqulovich tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Hunarmandchilikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar va istiqbolli rejalar yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

⚡️ O‘rganish davomida hunarmandlar faoliyati, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari atroflicha tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, uyushma tarkibida 150 ga yaqin hunarmand a’zo bo‘lib, ustoz hunarmandlar tomonidan 500 nafarga yaqin shogird kasb-hunarga o‘rgatilgan.

🕯 Shuningdek, “Ustoz–shogird” an’anasi asosida tumandagi yoshlarga milliy hunar sirlari o‘rgatilib, ularning bandligini ta’minlash va kelajakda mustaqil faoliyat yuritishiga zamin yaratilmoqda.

Uchrashuvda milliy qadriyatlarimizni asrash, hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 4