Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Yoshlar bilan mazmunli muloqot!

Joriy yilning 26-fevral kuni tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev tuman politexnikumida tahsil olayotgan bitiruvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv o'tkazdi.

Bugungi kunda tuman politexnikumida 569 nafar yoshlar ta’lim olmoqda. Ta’lim muassasasida shinam o‘quv xonalari, zamonaviy jihozlangan sport zal, yotoqxona hamda oshxona mavjud bo‘lib, yoshlarning sifatli bilim olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Muloqot davomida yoshlarning qiziqishlari, kelajakdagi rejalari, oliy ta’lim muassasalariga kirish maqsadlari, kasb tanlash borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, ularning taklif va tashabbuslari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini joyida hal etish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4