Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tajribasi asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xarita”ga muvofiq, tumanda sanoat yo‘nalishida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarning birinchi bandida xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda yirik investitsiya loyihalarini ishga tushirish belgilangan.

📈 Mazkur rejaga ko‘ra, umumiy qiymati 535,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 ta yangi sanoat loyihasini ishga tushirish va ularning to‘liq quvvatda faoliyat yuritishini ta’minlash orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha 900 mlrd so‘mga oshirish, mahalliy budjetga 140,0 mlrd so‘m tushum kiritish hamda 650 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda tuman deputati Jumavoy Rahmonqulov mazkur investitsiya loyihasi amalga oshirilayotgan qurilish obyektiga tashrif buyurib, ishlar borishi bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida qurilish maydonida ishlar to‘xtab qolgani hamda hududda ishchi-xodimlar mavjud emasligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan deputat tomonidan tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B. Abdumalikov bilan uchrashuv o‘tkazish va vaziyatga oydinlik kiritish, shuningdek, loyihaning ijrosini jadallashtirish choralarini ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 7