Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Deputat Karomat Karimova tomonidan A.Navoiy mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida 2025-yil mobaynida mahallada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda joriy yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil suhbat olib borildi.

Uchrashuv jarayonida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb muammo va takliflar ilgari surildi. Xususan, mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bolalar o‘yingohi barpo etish, kadastr masalalarini tartibga solish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “Suvchi” va “Belbog‘li” ko‘chalarida yaroqsiz holga kelib qolgan simyog‘ochlarni zamonaviy beton ustunlarga almashtirish, mahallaga kirish qismidagi katta ariqni betonlashtirish lozimligi qayd etildi. Mazkur ariqdan suv sizib chiqishi oqibatida ayrim xonadonlar va tomorqalarga zarar yetayotgani bildirildi.

Bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4