Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONADONBAY ISHLASH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ҲИСОБОТ ЭШИТИЛДИ.
янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati

Tuman Kengashi deputati Mavluda Altmishevaning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot ochiq savol-javob tarzida tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Bog‘iston ko‘chasining asfalt qoplamasi yomonlashgani, yo‘lning ayrim joylari yemirilib ketgani hamda yog‘ingarchilik paytida harakatlanish qiyinlashayotgani ta’kidlandi. 

Shuningdek, maktabda sport inshootlari yetishmasligi — 460 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan ta’lim muassasasida sport zalining mavjud emasligi masalasi ham ko‘tarildi. 

Deputat ushbu muammoni hal etish maqsadida zamonaviy sport zali yoki yopiq sport inshooti qurish tashabbusini ilgari surdi.

🔍 Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha murojaatlar nazoratga olinishi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi. Deputat aholi bilan doimiy muloqotni davom ettirish, hududni obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi. 

Slide 1 of 1