Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🟢SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI
янв.21
“Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan xamkorlik
янв.21
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши котибиятида маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар, коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик, ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича доимий комиссиялари ҳамда  “Халқпарвар” комиссияси аъзолари иштирокида қўшма мажлис ўтказилди.
янв.21
СИЁСИЙ-МАЪРИФАТ СОАТИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Уйчи туманида сайлов комиссиялари аъзолари учун ўқув-семинар ўтказилмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН МУЛОҚОТ
янв.21
Uychi tumanida yirik energetika loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati Buxalima Soliyeva tomonidan o‘z saylov okrugi — “Bog‘i-eram” MFY hududidagi 9-sonli umumta’lim maktabida 9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga qilgan Murojaatnomasining 4-ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar, xususan, 9-sinf bitiruvchilarini bilim darajasi va kasbiy qiziqishlariga qarab saralash tizimini joriy etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuv mahalla yettiligi hamkorligida o‘tkazilib, o‘quvchilarning kelgusi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashi, kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning qobiliyatlarini aniqlash masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.

Tadbir davomida yoshlarga o‘z ustida ishlash, zamonaviy kasblarni egallash va kelajak rejalarini aniq belgilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4