Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Ta’lim maskanlarida o‘rganish va ochiq muloqot

   Joriy yilning 13-fevral kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputati Safarova Adolat Mengdobilovna Sho‘rchi tumanidagi 42- va 53-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, o‘rganish hamda uchrashuvlar o‘tkazdi. 

   Tashrif davomida ta’lim jarayonining sifati, o‘quv xonalarining jihozlanishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holati, o‘quvchilarning bilim darajasi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, pedagog jamoa bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. 

   Uchrashuv chog‘ida o‘qituvchilarning fidokorona mehnati e’tirof etilib, ta’lim sifatini yanada oshirish, iqtidorli
o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. “Ilm – kelajak chirog‘i”, deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, ta’limga qaratilgan har bir e’tibor – kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir. 

   Shuningdek, o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning orzu-intilishlari, qiziqishlari tinglandi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashga rag‘batlantirish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi. “Yoshlar – yurt tayanchi” ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. 

   Mazkur o‘rganish va uchrashuvlar ta’lim sohasidagi mavjud masalalarni joyida ko‘rib chiqish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda maktablarda sifatli ta’lim muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 1