Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda

     Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘rol Cho‘tboev tashabbusi bilan tumandagi “Ko‘klam” mahallasida ko‘chalarga biriktirilgan ko‘cha boshilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir mahalla hayotini yanada obod va fayzli qilish, aholi faolligini oshirish hamda nuroniylar tajribasidan samarali foydalanishga qaratildi. 

    Davra suhbati davomida hududlarni yanada ko‘rkamlashtirish, tomorqalardan unumli foydalanish, bog‘dorchilik va dehqonchilikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Nuroniylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, yerga mehr bilan yondashish, suv va resurslardan oqilona foydalanish, hosildorlikni
oshirish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berdilar. 

    Shuningdek, obodonlashtirish ishlari yuzasidan aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, nuroniylardan iborat ishchi yoki maslahat guruhlarini shakllantirish, amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari haqida doimiy ravishda ma’lumot berib borish masalalarida kelishib olindi. 

    “Obod mahalla – farovon hayot poydevori”, deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, mahalladagi hamjihatlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash har bir xonadonga fayz olib kiradi. Zero, “Birlik bor joyda – baraka bor”. 

    Yig‘ilishda nuroniylarning hayotiy tajribasi va amaliy maslahatlaridan keng foydalanish, yosh avlodga ibrat bo‘ladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Chunki bugungi obodlik va tartib-intizom ertangi taraqqiyotning mustahkam kafolatidir. 

    Mazkur davra suhbati mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga yangi sur’at bag‘ishlab, aholi o‘rtasida hamjihatlik va daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirdi. 

   

Slide 1 of 1