Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
🤝 Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligi yo‘lga qo‘yildi

🤝 Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligi yo‘lga qo‘yildi

 Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi hamda “Madad” NNTning Bulung‘ur tuman vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoniga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Hamkorlik doirasida:

• aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi;

• amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntiriladi;

• fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatiladi;

• ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar, yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylarning
huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. 

📌 Shuningdek:

• joylarda sayyor qabullar tashkil etiladi;

• mahallalarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi;

• fuqarolarning dolzarb muammolari o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish mexanizmlari tushuntiriladi;

• kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, tizimli muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish amaliyoti kuchaytiriladi. 

Mazkur tashabbus fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi ochiq va samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

✍️ Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi tomonidan bunday hamkorlikni kengaytirish hamda aholiga yaqin, ochiq va shaffof faoliyat yuritish ustuvor
vazifa sifatida belgilangan.  

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashi

Slide 1 of 3