Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
“Qutlug‘tol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan og‘ir mahallalarni hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan topshiriqlariga asosan, hududlarni o‘rganish,  “Master reja” loyihasini ishlab chiqish doirasida viloyat Kengashi deputati Durdona Xatamova hamda Qurilish fakulteti talabalari tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Qutlug‘tol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi mavjud infratuzilma obyektlari, ijtimoiy soha muassasalari, yo‘l-transport tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalari hamda obodonlashtirish ishlarining holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari o‘rganildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida hududni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Slide 1 of 2