Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СИЁСИЙ-МАЪРИФАТ СОАТИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Уйчи туманида сайлов комиссиялари аъзолари учун ўқув-семинар ўтказилмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН МУЛОҚОТ
янв.21
Uychi tumanida yirik energetika loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН МУЛОҚОТ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Lola Kenjayeva tomonidan “Nurafshon” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganildi.

Uchrashuvlar va joyiga chiqib o‘rganishlarda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati, ichki ko‘cha yo‘llarining ahvoli, shuningdek, aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

Xususan, mahallaning “Maktab-shoh” ko‘chasida ichimlik suvi quvuri nosoz holatga kelib qolganligi aniqlanib, uni ta’mirlash zarurligi qayd etildi. Shuningdek, “Shams” ko‘chasining ta’mirtalab holatda ekanligi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalasi ko‘tarildi.

Bundan tashqari, “Kimyogar” ko‘chasi 20-uyda istiqomat qiluvchi, uzoq yillardan buyon betob bo‘lgan fuqaro Mukarram Xo‘jamovaning holidan xabar olinib, ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda uning sog‘lig‘i, davolanishi va tibbiy xizmat bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yo‘llash hamda ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 3