Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🟢SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI
янв.21
“Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan xamkorlik
янв.21
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши котибиятида маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар, коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик, ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича доимий комиссиялари ҳамда  “Халқпарвар” комиссияси аъзолари иштирокида қўшма мажлис ўтказилди.
янв.21
СИЁСИЙ-МАЪРИФАТ СОАТИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Уйчи туманида сайлов комиссиялари аъзолари учун ўқув-семинар ўтказилмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН МУЛОҚОТ
янв.21
Uychi tumanida yirik energetika loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
Deputat N.Ochilova ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uchrashuv o'tkazdi.

#Deputat_faoliyati

Deputat N.Ochilova ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uchrashuv o'tkazdi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan mahallalarda boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan taklif uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda mazkur toifadagi fuqarolarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan ehtiyojmand oilalar a’zolarini kasbga yo‘naltirish, qisqa muddatli o‘quv kurslariga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. 

Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish, har bir ehtiyojmand oilaning muammosini manzilli hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 1