Tadbir davomida harbiy qismda xizmatni vijdonan, yuksak intizom va mas’uliyat bilan o‘tayotgan harbiy xizmatchilar e’tirof etildi. Ular orasida namunaviy xizmati, Vatan oldidagi burchini sidqidildan ado etayotgan yoshlar alohida ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Dusmurodov marosimda ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi, yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdagi fidokorona xizmat yuksak qadrlanishini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmat nufuzini oshirish va oila hamda jamiyat qo‘llab-quvvatlovi muhim ekani ta’kidlandi.
Vatan himoyasi — sharafli burch, fidoyi yoshlar esa yurtimiz iftixori.