Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Халқ қабулхонаси”да фуқаролар мурожаатлари тингланди.
янв.21
"ЯШИЛ МАКОН" - КАТТА ИМКОН
янв.21
UYCHI TUMANI HOKIMI IQTIDORLI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
🟢SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI
янв.21
“Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan xamkorlik
янв.21
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши котибиятида маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар, коррупцияга қарши курашиш ва хавфсизлик, ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича доимий комиссиялари ҳамда  “Халқпарвар” комиссияси аъзолари иштирокида қўшма мажлис ўтказилди.
янв.21
СИЁСИЙ-МАЪРИФАТ СОАТИ
Giyohvandlik — asr vabosi

Giyohvandlik — asr vabosi

✍️Bugungi globallashuv davrida giyohvandlikning keng tarqalishi, narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning ortishi nafaqat alohida inson taqdiriga, balki jamiyatning ma’naviy va iqtisodiy barqarorligiga ham jiddiy xavf solmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bu illat girdobiga tortilayotgani biz — ta’lim, sog‘liqni saqlash va tarbiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutasaddilar zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklaydi.

✍️Mamlakatimiz hukumati tomonidan yoshlar salomatligini muhofaza qilish, ular ongida giyohvandlikka qarshi kuchli immunitetni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu ishlarning asosiy maqsadi — yoshlarni zararli muhit va odatlardan asrash, ularni to‘g‘ri qaror qabul qilishga undash, sog‘lom psixologik muhitni mustahkamlash hamda yuksak ma’naviy muhitni shakllantirishdir.

✍️Giyohvandlikka qarshi qat’iy pozisiya egallash, sog‘lom turmush tarzini tanlash va bo‘sh vaqtini ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, sport hamda ijodiy faoliyat bilan mazmunli o‘tkazish — bugun har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyatiga aylanmog‘i lozim.

🎮Yosh avlodimizga qonunlarga hurmat bilan yondashish, shubhali taklif va manzillardan ehtiyot bo‘lish, o‘zining va yaqin do‘stlarining xavfsizligini ta’minlashdek hayotiy ko‘nikmalarni singdirish juda muhim. Chunki sog‘lom hayot — barcha muvaffaqiyat va mustahkam kelajakning asosiy poydevoridir.

✍️Shu o‘rinda oilaning roli beqiyos. Farzandning eng birinchi va eng ishonchli tayanchi — bu oila. Oiladagi mehr-oqibat, ishonch, nazorat va samimiy muloqot giyohvandlikning oldini olishda eng kuchli tarbiyaviy omillardan biridir. Farzandning kundalik qiziqishlari, do‘stlari, o‘qishdagi muvaffaqiyati yoki kayfiyatidagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslik — ota-onaning e’tibori va g‘amxo‘rligining yorqin ko‘rinishidir.

♾Farzandingizni qo‘llab-quvvatlang, unga ishonch bildiring va sog‘lom hayotni tanlashda ruhiy madad bering. Bu — uning kelajagini asrashdagi eng katta hissangizdir.

Nargiza ABDULLAYeVA,

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.

 @sam_vil_deputatlari 

Slide 1 of 1