Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
Deputat yoshlar bilan bir safda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nodir Dustmurodov sport bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan yoshlar bilan birgalikda sport mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni jismonan baquvvat va ma’nan yetuk etib tarbiyalash, sport orqali intizom, jamoaviylik va maqsadga intilish kabi fazilatlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat o‘z shaxsiy namunasi orqali yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yot g‘oyalardan himoya qilishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi.

Bunday mashg‘ulotlar yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2