Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi amalda

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, ularning joylardagi ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 

Shu kabi navbatdagi targ‘ibot-tushuntirish uchrashuvi Bo‘ka tumanining “Beshkapa” mahallasida tashkil etildi. 

Tadbirda “Beshkapa” mahallasi aholisi, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari, xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Nishonov hamda korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari faol ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda strategiyada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar kelgusidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.