Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
Доимий комиссиялари аъзолари иштирокида қўшма мажлис ўтказилди.
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
Конституцияси қабул қилинганлигининг 33 йиллиги
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
Prezident farmoni ijrosi ta’minlanmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati J.Dushabayev shahar 1-son texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish hamda giyohvand moddalarga ruju qoʻymaslik, har xil huquqbuzarliklar, jinoyatchilikka
chek qo'yish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi. Tadbir davomida oʻquvchilarga yoshlarning ma'naviy-axloqiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi
huquqbuzarliklar, axloqsizliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi, ularga
qarshi kurashish usullari, har xil o'tkir tig'li jihozlaridan foydalanmaslik, davomatga va o'quvchi formasiga katta e'tibor qaratish haqida ma'lumot
berishdi. Shu bilan birga o'quvchilarning
savollariga atroflicha javoblar berib o'tildi.  

Slide 1 of 3