Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov tomonidan Boyovut tumanidagi “Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi, xorijda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarning oilalari holatini o‘rganish maqsadida manzilli tashriflar amalga oshirildi.

Mazkur tashriflar davomida deputat “Ismoil Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi Bahrom Hotamtoyov hamda mahalla nuroniylari hamrohligida 10 nafardan ortiq migrant oilalari bilan uchrashib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, xorijdagi yaqinlarining yashash va mehnat sharoitlari, duch kelayotgan muammolari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvlar jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur tushuntirishlar, amaliy yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Shuningdek, olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan uch nafar fuqaroning mahallaga, oilasi bag‘riga qaytib kelishiga zamin yaratildi.

Tashrif davomida “Navbahor” mahallasi aholisi bilan suhbatlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etish, mazkur tadbirlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi hamda fuqarolar bu jarayonga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirildi.

Slide 1 of 4