Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar

 “O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, uning maqsad va vazifalarini tushuntirish maqsadida Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati O.Xolmurotova ishtirokida muhokamalar tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlar davomida strategiyada belgilangan ustuvor yo`nalishlar, jumladan, inson qadrini ulug`lash, ijtimoiy soha va ta`lim tizimini rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, hududlarni barqaror rivojlantirish
kabi muhim masalalar atroflicha yoritilmoqda. Slayd-taqdimotlar orqali ishtirokchilarga strategiyaning mazmun-mohiyati, uning amaliy natijalari va kelgusidagi ustuvor vazifalari batafsil tushuntirib berilmoqda.
Muhokamalar davra suhbati shaklida o`tkazilib, ishtirokchilar
faol ishtirok etmoqda, o`z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirmoqda. Bunday ochiq muloqotlar strategiyaning ahamiyatini yanada chuqur anglash, uni hayotga tatbiq etishda jamoatchilik faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Navbatdagi bunday mazmunli suhbat Jalaquduq tumanidagi 12-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotida bo`lib o`tdi. Tadbirda ta`lim muassasasi jamoasi ishtirok etib, “O`zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish, bolalar tarbiyasi va ta`lim sifatini oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar kelgusida amalga oshiriladigan ishlar uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.  

Slide 1 of 4