Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi joylarda

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ushbu muhim hujjatlarning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 7-sonli umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar aholisi, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari, shahar hokimligi xodimlari hamda korxona va tashkilotlarning mas’ul vakillari faol ishtirok etdi. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U.Abdunazarov Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan vazifalarni atroflicha tushuntirdi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda strategiyada belgilangan vazifalarni joylarda samarali
amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi ishlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 2