Mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo‘lida amaliy ishlar
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugidan saylangan deputati S. To‘rayeva “G‘ambur” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni qabul qildi. Uchrashuvda mahalla hududidagi “Nodira” ko‘chasining ta’mirtalab ahvolda ekani hamda ushbu ko‘chani ta’mirlash masalasida amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
Deputat S. To‘rayeva mazkur murojaatni atroflicha o‘rganib chiqib, tegishli tashkilotlar va xomiylar bilan hamkorlikda “Nodira” ko‘chasida ta’mirlash ishlarini boshlab berdi. Ayni paytda ko‘chada ta’mirlash ishlari olib borilmoqda bo‘lib, jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.