Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
Deputatlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev hamda 9-"G'alaba" okrugi deputati Shaxnoza Umarxodjayevalar tomonidan "G'alaba" mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “yettilik”ning faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida yettilik a’zolari tomonidan aholi bilan ishlash tizimi, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shu bilan birga, fuqarolardan kelib tushgan yozma va og‘zaki murojaatlar o‘rganilib, ularning ijro holati, o‘z vaqtida va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarni hal etish samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar va yettilik a’zolariga tegishli tavsiyalar berildi.

Yakunda deputatlar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ishlash sifatini oshirish hamda murojaatlar ijrosi ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3