Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati tuman, shahar Kengashlariga saylangan raislar

🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati tuman, shahar Kengashlariga saylangan raislar

🇺🇿“Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili amalda

⭐️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy norma — vakillik va ijro hokimiyati vakolatlarini ajratish tamoyili izchil amalga oshirilmoqda.

✅Mazkur talablardan kelib chiqqan holda, joriy yilning 29–30-dekabr kunlari Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari o‘tkazildi. Sessiyalar davomida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilgan holda Kengash deputatlari orasidan raislar saylandi.

🇺🇿Saylangan Kengash raislarining barchasi oliy maʼlumotli, tajribali, tashabbuskor hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi insonlardir. Ular orasida ayollar, boshqa millat vakillari, davlat mukofotlari sohiblari va ilmiy darajaga ega bo‘lgan deputatlar borligi Kengashlar tarkibining yanada rang-barang va professional ekanidan dalolat beradi.

🇺🇿Kengash raisi va hokim lavozimlarining ajratilishi mahalliy darajada xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash, deputatlarning masʼuliyati va saylovchilarning ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.

⭐️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi ushbu islohotlar joylarda qonun ustuvorligi, ochiqlik va samaradorlikni taʼminlashda muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildiradi.

Yangi saylangan barcha mahalliy Kengash raislarimizga mas’uliyatli ishlarida omad tilaymiz!

✈️ @sam_vil_deputatlari