Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Уйчи туманида сайлов комиссиялари аъзолари учун ўқув-семинар ўтказилмоқда
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН МУЛОҚОТ
янв.21
Uychi tumanida yirik energetika loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН МУЛОҚОТ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
Yangi yil bayrami arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash

Yangi yil bayrami arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari J. Hafizov hamda R. Qo‘ziyevlar Navoiy shahridagi Xonchorboq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ushbu hududda yashovchi fuqarolar bilan uchrashdilar.

Tashrif davomida deputatlar mahalladagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning turmush sharoiti bilan yaqindan tanishib, ularning muammo va takliflarini tingladilar. Yangi yil bayrami munosabati bilan ushbu oilalarga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat xayr-ehsonlar tarqatilib, bayramona kayfiyat ulashildi.

Fuqarolar tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun deputatlarga minnatdorlik bildirilib, amalga oshirilayotgan ezgu ishlar aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Deputatlar esa kelgusida ham aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lish, ularning muammolarini hal etish yo‘lida amaliy ishlar davom ettirilishini ma’lum qildilar.

Slide 1 of 5