Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni.

3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Termiz tuman 14-okrug deputati Taxchiyeva Jamila Safarovna tomonidan Termiz mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida mahallada yashovchi bir qator nogironligi bo‘lgan fuqarolarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Ushbu ezgu tashabbus fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlash, ularning hayotida iliqlik va e’tibor muhitini yaratish, jamiyatda mehr-oqibat tamoyillarini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Deputat Taxchiyeva Jamila Safarovna tomonidan amalga oshirilgan mazkur xayriya ishlari mahalla aholisi tomonidan iliq kutib olindi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik ularning ijtimoiy faolligini oshirishga, jamiyat bilan yaqin aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida deputat Jamila Safarovna bundan buyon ham aholining muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy yordam tadbirlarini davom ettirishini ta’kidladi.

Slide 1 of 8