Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТУМАН КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ
янв.21
“Янгиланаётган Ўзбекистон – 2030” стратегияси ижросига бағишланган муҳокама йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАРНИНГ ҚЎШМА ЙИҒИЛИШИ
янв.21
Байрамингиз муборак, Ватанимиз посбонлари!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МУРОЖААТНОМАСИДА БЕЛГИЛАНГАН ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИДА ПАРТИЯ ИШТИРОКИ
янв.21
“БИР МАҲАЛЛА - БИР ТАШАББУС” АКЦИЯСИДА ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИ
янв.21
"Xalqparvar" komissiyasi aʼzolari ishtirokida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Халқ депутатлари Уйчи тумани Кенгаши раиси Ҳакимова Гавхар Абдуқахоровна
янв.21
Навбатдан_ташқари_сессия
янв.21
#Тайинлов
Senat ishchi guruhi tomonidan Jomboy tumanida o‘rganishlar olib borildi (https://senat.uz/events/post-4409)

Joriy yilning 20–21 noyabr kunlari Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatiga tashrif doirasida Jomboy tumanida bir qator o‘rganishlarni amalga oshirdi.

Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining faoliyati, deputatlar va xodimlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan xonalar, murojaatlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

Bundan tashqari, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishi yuzasidan Oliy Majlis Senati Kengashining qarori ijrosi ko‘rib chiqildi. Bandligi ta’minlanmagan bitiruvchilar bilan ishlashni jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh 35-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘lib, ta’lim sifati, o‘quv jarayoniga yaratilgan sharoitlar, fan laboratoriyalari, kompyuter sinflari, kutubxona, sport maydoni va maktab oshxonasining sanitariya holati o‘rganildi.

Shuningdek, o‘qituvchilarning dars jarayonini tashkil etish imkoniyatlari va o‘quvchilarni zarur jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi baholandi. Maktab rahbariyati bilan uchrashuvda ta’lim sifati, davomati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi. 

Slide 1 of 4