Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT TASHABBUSI

Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U. Abdunazarov, shahar Mudofaa ishlari bo‘limi bilan birgalikda bayram bilan tabriklash maqsadida II Jahon urushi qatnashchisi Xasanboy ota Xolmatov xonadoniga tashrif buyurib, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qizg‘in tabrikladilar.

100 yoshni qarshi olayotgan Xasanboy ota Xolmatov o‘z navbatida harbiylarni ham qutlab, og‘ir urush yillari xotiralari bilan o‘rtoqlashib, bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukuronalar keltirib, duolar qildi.

Slide 1 of 1