DEPUTAT XALQ ORASIDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 6-Navbur-Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov Dehqonariq va Navbur mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida 2025-yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha saylovchilarning takliflari asosida joylardagi muammolarni yil davomida bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.