Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlarining sayyor qabullari grafigiga muvofiq, 2025-yil 9-yanvar kuni 2-“Qo‘shqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati O.Babayev “Qo‘shqo‘rg‘on” va “Xo‘jaobod” mahallarida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Aholi tomonidan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatidagi kamchiliklar, aholi tomorqasini sug‘orish tizimini nosozligi, ekirgan simyog‘ochlarni yangilash, jamoatchilik fikri asosida “g‘olib” deb topilgan ministadion qurilish ishlaridagi sustkashliklar kabi bir qator murojaatlar bildirildi.
Barcha murojaatlar fuqarolar va deputat ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan deputat so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.