Barchamizga ma’lumki aholini rozi qilish, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammoli masalalarni o‘rganish va bartaraf etish borasida mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish tadbiri Urganch shahar Mustaqillik mahallasi hududida o‘tkazilib, ushbu jarayonda mazkur hududdan xalq deputatlari Urganch shahar Keengashiga saylangan S.Masharipov va Kengash kotibiyati hodimlari tomonidan qator muammoli masalalar o‘rganilib, mummolarning tegishliligiga ko‘ra mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan bog‘lanilib, aksariyati
joyida va ijobiy hal etildi.