Ma’lumki, mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlash maqsadida “Mahalla yettiligi” tashkil etildi. “Mahalla yettiligi” har bir vakilining mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashga doir vazifalari belgilandi. Shu munosabatdan «Mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida Oliy majlis senati kengashining 706-sonli qarori ham qabul qilingan edi.
Mazkur qaror doirasida tumandagi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati To‘raeva Saxovat “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini “Mahalla yettiligi” vakillari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.