Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Deputati tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Zomin tuman Kengashi deputati O.Umirov tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida maktablarning sport zallari holati, ularning moddiy-texnik bazasi, o‘quvchilar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi. Xususan, sport inshootlarining bugungi kundagi holati, mavjud jihozlar ta’minoti, ularning foydalanish samaradorligi hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3