Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
YILNING ENG YAXSHI HAMSHIRALARI ANIQLANDI

 YILNING ENG YAXSHI HAMSHIRALARI ANIQLANDI

“Uchquduq” madaniyat saroyida “Hamshira-2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Aholining reproduktiv salomatligini saqlash, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, hamshiralarning bilim darajasi va ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida har yili o‘tkazib kelinayotgan ko‘rik- tanlovning tuman bosqichida 5 nafar o‘rta tibbiyot xodimi 4 ta shart bo‘yicha bellashdi. Hamshiralik ishi keng qamrovli jarayon bo‘lib, tibbiyotning biror yo‘nalishini bu mutaxassis faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, - deydi Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Xurshid Shukurov. - Ayniqsa, shoshilinch tibbiy xizmat, reanimatsiya, operatsiya bloklarida malakali hamshiraning bilim, mahorati, tajribasi, o‘z kasbiga sadoqati bemorni sog‘lom hayotga qaytarishda
muhim omildir. Tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan 500 nafardan ortiq sharafli va mas’uliyatli kasb sohibalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Hamshira-2024” tanlovi shunday muhim loyihalardan biri. Tanlovda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyati hamda unda hamshiralarning o‘rni va vazifasi bo‘yicha nazariy bilimlar ham sinovdan o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining tibbiy brigada patronaj hamshirasi Zuhra Ortiqova, ikkinchi o‘rinni jarrohlik bo‘limi hamshirasi Shahlo Rizaqulova va uchinchi o‘rinni shoshilinch qabul bo‘limi hamshirasi Saxoba Yuldosheva qo‘lga kiritdi.

“Hamshira-2024” tanlovining tuman bosqichida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari R.Qodirova, N.Najmiddinovalar hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etib, ishtirokchilarni baholab bordi.

Tanlov men uchun juda ahamiyatli bo‘ldi, - deydi Zuhra Ortiqova. - Endi yanada yaxshi tayyorlanib,
viloyat bosqichida ham eng yuqori natijaga erishish uchun astoydil harakat qilaman. Tadbir so‘ngida ko‘rik-tanlovning barcha ishtirokchilariga Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. “Hamshira-2024” ko‘rik-tanlovda “Uchquduq” madaniyat saroyi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga ko‘tarinkilik ulashdi.

   

Slide 1 of 2