Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
янв.21
O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqichda
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMAN KENGASHI DEPUTATI TUMANDAGI 37-MAKTABDA BO‘LDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTATLAR O‘Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERMOQDA
Viloyatda aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida

Viloyatda aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida  

✅Xalq deputatlari viloyat Kengashining XIX sessiyasida "viloyatda aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida" “Samarqand suv ta’minoti” AJ direktori T.Boboyevning hisoboti tinglandi. 

⚡️Xisobotda, joriy yil boshidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ hisobidan 82 dona energiya tejamkor suv nasoslar o‘rnatilib, 95 dona suv nasoslari va 28,3 km. suv tarmoqlari joriy va mukammal ta’mirlangan.

Jomboy tumani filialiga qarashli “Quduqli” suv inshootiga 200,0 kVtli quyosh panellari o‘rnatilib, 40 ming kVt/oyiga elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishilgan.

⚡️Jamiyatning filiallaridagi mavjud ob’yektlarga 44 ta shit kaskad, 53 ta zadvijka, 268 ta kuzatuv kameralari, 417 ta quyosh panelli yoritgich, 82 ta baktrosetka o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan.

⚡️Samarqand shahrining Buyuk Ipak Yo‘li va F.Xo‘jayev ko‘chalari kesishmasida D-500 mm. bo‘lgan suv tarmog‘ini “Mikrorayon A va B” nasos stansiyasiga boradigan D-500 mm. suv tarmog‘iga ulash hamda Sug‘diyona nasos stansiyasidan chiqqan D-200 mm. bo‘lgan suv tarmog‘i D-500 mm. magistral suv tarmog‘iga ulangan. 

Natijada 1980-yildan buyon yuqori qavatlarga suv chiqmaslik xolatlari bartaraf etilib, mavjud 20 ta mahalladagi 42 ming nafardan ortiq aholining ichimlik suv ta’minoti soatbay rejimdan 24 soatlik uzluksiz rejimga o‘tkazilgan.

💠Jamiyatning ichki imkoniyatlari xisobiga viloyat bo‘yicha 82,6 km. ichimlik suv tarmoqlarini tortish ishlari yakunlanib, 

3,5 ming nafar aholi toza ichimlik suv bilan ta’minlandi, 2,4 ming nafar aholining suv ta’minoti yaxshilangan.

⚡️Bundan tashqari, “Samarqand suv ta’minoti” AJ tasarrufidagi 76 ta rezervuarlardan 76 tasi (100 %) hamda 1 230 ta suv minolaridan 1 230 tasi (100 %) tozalanib, yuvish va dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshirildi va bu ishlar yil oxirigacha davom ettirilishi aytib o'tildi.

Muhiddin Po'latov,

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1